Milliy kontent dasturi haqida

Mazkur platforma Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishidagi pedagoglarga zamonaviy innovatsion va ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha ilmiy tajribalarga asoslangan tavsiyalar beruvchi manba hisoblanadi. Shu bilan birga, u boshlang‘ich ta’lim bilan bog‘liq barcha auditoriyalarga o‘zida o‘quv hamda metodik manbalarni bir joyga jamlash orqali istalgan vaqtda shu sohaga tegishli axborotni olish va undan foydalanish imkoniyatini ham beradi.

Platformaning maqsadi

Platformaning maqsadi asosan quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  1. Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida raqamli texnologiya asosida o‘qitish bo‘yicha kompleks yechimlarni tavsiya etadigan metodikani ishlab chiqish va amalga oshirish, tezkor, ishonchli va haqqoniy axborot yetkazish;
  2. Foydalanuvchilarga o‘zbek va rus tillarida ta’lim resurslarini (kurslar, maqolalar, videolar) taqdim etib, aholining ilmiy darajasini oshirish;
  3. Hozirgi zamonaviy dunyoda farzandlarimiz o‘z madaniyatini yo‘qotmasliklari uchun ularga milliy mentalitetga mos keladigan ta’lim va tarbiya berish.

Ushbu platforma Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar va shu sohada faoliyat olib borayotgan pedagoglar uchun kerakli qo‘llanmalar, kitob va darsliklar, zamonaviy metodlar, turli xildagi video darslar hamda onlayn testlar bilan ta’minlaydi.

Milliy kontent yangiliklar olamiga ochilgan eshik hisoblanadi. Bizning platformamiz orqali siz jahondagi va mamlakatimizdagi eng so‘nggi va muhim ta’lim yangiliklaridan har doim xabardor bo‘lib turasiz. Foydalanuvchilar uchun qulay interfeys yaratish, yangilanishlarning tezkorligi va axborotlarning ishonchliligini ta’minlash bizning ustuvor vazifamizdir.

Saytimizning bosh mezoni – ta’lim sohasiga oid yangiliklarni milliy qadriyatlar, urf-odatlar va an’analar bilan uyg‘unlikda olib borish hamda xorijiy tajribalar va ta’lim tizimidagi o‘zgarishlarni ham keng yoritish.

Materiallardan foydalanish shartlari

Milliy kontent saytida joylashtirilgan barcha ishlanmalar, maqolalar, fotosuratlar, videolar, grafikalar va boshqa kontentlar mualliflik huquqi bilan himoyalangan va sayt ma’muriyatiga yoki tegishli huquq egalari bo‘lgan shaxs va tashkilotlarga tegishlidir. Sayt materiallaridan boshqa joylarda foydalanish quyidagi shartlar asosida amalga oshiriladi:

  • Mualliflik huquqini saqlash: Materiallardan foydalanilganda, manba sifatida Milliy kontent saytiga faol havola berilishi shart. Agar matn, rasm yoki boshqa kontent to‘liq ko‘chiriladigan bo‘lsa, maqolaning boshida yoki oxirida sayt manzilini ko‘rsatgan holda, "Manba: Milliy kontent" iborasi bo‘lishi kerak;
  • Noto‘liq ko‘chirish: Matn yoki boshqa materiallarning qisqa qismlarini ko‘chirish mumkin, ammo bunda ham havola berilishi va mualliflik huquqi saqlanishi shart;
  • Tijorat maqsadlari: Sayt materiallaridan tijorat maqsadlarida foydalanish uchun sayt ma’muriyatidan oldindan yozma ruxsat olish zarur;
  • O‘zgartirishlar kiritmaslik: Sayt materiallariga har qanday o‘zgartirish kiritish taqiqlanadi. Mualliflik huquqi himoya qilingan materiallarni qayta tahrirlash, ularga kiritilgan o‘zgarishlar bilan tarqatish faqat sayt ma’muriyatining ruxsati bilan amalga oshiriladi;
  • Shaxsiy foydalanish: Foydalanuvchilar sayt materiallaridan shaxsiy maqsadlarda foydalanishlari mumkin, ammo ularni ommaviy tarqatish yoki boshqa platformalarda joylashtirish ushbu qoidalar asosida bo‘lishi kerak.